Close


A MEETING WAS ORGANIZED WITH POET BOLTABOY BEKMATOV, A MEMBER OF THE WRITERS' UNION OF UZBEKISTAN


O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Boltaboy Bekmatov va yoshlar uchrashuvi tashkil qilindi

Urganch davlat pedagogika institutida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida el ardog'idagi, mashhur ijodkorlar bilan uchrashuvlar davom qilmoqda. Bugun, 24-aprel kuni, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, “Xorazm zarqalami” tanlovining “Yilning eng yaxshi badiiy tarjima namunasi” nominatsiyasi hamda “Yilning eng yaxshi shoiri” nominatsiyasi, 2013-yil va 2019-yillarda “Eng ulugʻ, eng aziz” respublika tanlovi viloyat bosqichi g'olibi Boltaboy Bekmatov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Shoir institut jamoasi tomonidan iliq kutib olindi. Tashrif davomida iqtidorli talaba-yoshlarning ijodiy ishlar ko'rgazmasi bilan yaqindan tanishdi va ular bilan samimiy suhbatlashdi. Shundan so'ng ijodkor va professor-o'qituvchilar, talabalar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

©️УрГПИ Пресс Служба

Ulashish: