Close


Bekchanov Xudaybergan O‘rinovichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Shimoli – g‘arbiy O‘zbekiston tangachaqanotlilari (Insecta, Lepidoptera) faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/B144.
Ilmiy maslahatchi: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanboev Xo‘jamurod Xamroqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori; Zokirov Islomjon Ilxomjonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoli – g‘arbiy O‘zbekiston tangachaqanotlilarining zamonaviy tur tarkibini aniqlash, zoogeografik taqsimlanishini hamda ekologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor shimoli – g‘arbiy O‘zbekistonda tangachaqanotli hasharotlari faunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 7 ta katta oila 13 oila, 44 kenja oila, 69 triba, 153 avlodga mansub 261 tur aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun tangachaqanotli hasharotlar turkumi vakillaridan 15 turi aniqlangan; 
tangachaqanotli hasharotlar faunasining 5 ta biotop bo‘yicha shakllanishi va turli agrotsenozlarda tarqalishi isbotlangan; 
Shimoli – g‘arbiy O‘zbekiston tangachaqanotli hasharotlarining geografik kenglik va uzunlik kesimida 21 guruhga ajratilgan;
o‘simliklarning asosiy hayot shakllari bilan oziqlanish moslanishiga ko‘ra, fitofaglar asosiy 4 ta yirik ekologik guruhga dendrobiont, tamnobiont, xamebiont, xortobiont va 7 ta kichik guruhga taqsimlanishi ochib berilgan;
tangachaqanotli hasharotlar ozuqaga ixtisoslashuvining kenglik darajasi bo‘yicha 3 ta guruhga monofaglarga -71 tur, oligofaglarga - 65 tur va polifaglarga - 125 tur tegishliligi aniqlangan;
tangachaqanotlilarning o‘simlik oilalari bilan o‘zaro munosabati tahliliga ko‘ra 2 ta oila, ya’ni Geometridae va Erebidae vakillari 16 tadan o‘simlik oilalarida rivojlanishi aks etgan; Cossidae oilasi vakillari - 10 ta, Lasiocampoidea - 15 ta, Sphingidae - 10 ta o‘simlik oilalarida rivojlanishi ochib berilgan;
tangachaqanotlilarning uchish davrlarini kuzatish natijalariga ko‘ra 11 ta fenologik guruhga ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Shimoli – g‘arbiy O‘zbekiston tangachaqanotlilari (Insecta, Lepidoptera) faunasi va ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Shimoliy – g‘arbiy O‘zbekiston tangachaqanotlilarining turli sabablarga ko‘ra soni qisqarib borayotgan, yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan turlarini muhofaza qilish va saqlab qolish yuzasidan la chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 8 oktyabrdagi 01/18-2155–son ma’lumotnomasi). Natijada, kam va juda tarqalgan 18 turning populyasiyalarini saqlab qolish va muhofaza qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Tangachaqanotlilar turkumiga tegishli bo‘lgan 86 turga mansub 189 nusxa kapalak namunalari Respublikada etakchi bo‘lgan Zoologiya kolleksiyasi noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 16 noyabrdagi 4/1255–2875–son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar respublikaning shimoliy– g‘arbiy hududlari bo‘yicha hasharotlar fondini boyitgan va ular populyasiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash, turli boitoplarda tarqalishi va ekologiyasini o‘rganish hamda interfaol atlaslar tayyorlash imkonini bergan;
Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi hududlarida tarqalgan tangachaqanotli hasharotlarning 34 turi zararkunandalik xususiyatiga ega ekanligi aniqlanib, ularning zararini oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi hududiy bo‘limlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 23 noyabrdagi № 03/21-5610-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududdagi zararkunanda tangachaqanotli hasharotlarning tur tarkibi, tarqalishi, bioekologik xususiyatlari, bulardan tashqari noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik turlarini qo‘riqlash, ko‘paytirish, tabiatdagi tabiiy populyasiyasini saqlab qolish va himoya qilish ishlarini tashkil etish hamda ilmiy-madaniy maqsadlarda tabiiy resurslardan oqilona va barqaror foydalanishni ta’minlash imkonini bergan.