Close


Bugun Urganch davlat pegagogika institutida so'z mulkining sultoni hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Navoiy yodi ila yashaymiz mudom" mavzusida adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.


Tadbirda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova, Turkiyaning Ege universiteti professori Aylin Goztash ishtirok qildi. Tadbirni rektor kirish so'zi bilan ochib, A.Navoiyning hayoti va badiiy merosi bo'yicha ma'ruza qildi. Tadbir davomida Filologiya va tarix fakulteti talabalari tomonidan Alisher Navoiy hayotiga bag'ishlangan sahna ko'rinishlari, g'azallaridan namunalar tadbir ishtirokchilari e'tiboriga havola etildi. Navoiy g'azallariga bastalangan kuy-navolar va raqslar namoyish etildi.

@UrDPI_UZ

 

Ulashish: